2009-yildan qurilishi boshlangan namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib, xalq farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda, deb xabar beradi O‘zA.
O‘tgan yillar davomida Jizzax viloyatida 2 ming 292 oila namunaviy loyihadagi zamonaviy uylarga ko‘chib o‘tdi. Bu yil ularning soni yana 690 ga ko‘payadi.
– O‘tgan yili tumandagi namunaviy uylar barpo etilgan beshta massivda 242 uy to‘ylari o‘tkazildi, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax tumani bo‘limi raisi Karim Soatov. – Elimizning udumiga ko‘ra, bu to‘ylarda nuroniylar yangi xonadon sohiblarining shu yerda “palak yoyishini”, yurtimizga tinchlik-osoyishtalik tilab duo qilishdi. Bu yil nasib qilsa, o‘tgan yilgidan ham ko‘proq – 323 yangi uy quriladi. Hozir ish qizg‘in ketmoqda. Demak, yana shuncha uy to‘ylari bo‘ladi.
Izoh (0)