Madaniyat va istirohat bog‘larini moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, zamon andozalariga to‘liq javob beradigan attraksionlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 409-F-sonli farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.
Mazkur farmoyishga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan O‘zbekiston hududida ishlab chiqarilmaydigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan chetdan olib kelinadigan zamonaviy attraksionlar, o‘yin qurilmalari hamda butlovchi buyumlar va materiallar 2018-yil 1-yanvarga qadar bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Endi bog‘larimizda zamonaviy attraksionlar, o‘yin qurilmalarining soni va sifati sezilarli darajada ortadi, deb yozadi Madaniyat va sport ishlari vazirligining matbuot xizmati.
Izoh (0)