Twitter ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori Dik Kostolo iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda AQSh Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari komissiyasiga tayanib “TASS” xabar bermoqda.
Kompaniya asoschilaridan biri Jek Dorsi uning vazifalarini vaqtincha bajarib turadi. Twitter rahbari iste’fo haqida xizmat auditoriyasini kengaytirish uchun kurashayotgan vaqtda e’lon qildi.
Kostolo 2009-yilda Twitter bosh direktori lavozimiga Evan Uilyamsning o‘rniga o‘tirgan edi.
Izoh (0)