Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: Uzbekistan Today

Foto: Uzbekistan Today

E’lon qilingan tanlovlardan biri “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb etishga oid bo‘lib, unda 210 nodavlat notijorat tashkiloti, ommaviy axborot vositasi, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etdi. Parlament komissiyasi tomonidan eng maqbul deb topilgan 70 dan ortiq loyihani moliyalashtirish ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadlar uchun 1 milliard 100 million so‘m miqdorida mablag‘ ajratildi.
Ikkinchi tanlov “Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini mustaqil ommaviy axborot vositalarida yoritishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida bo‘lib, unda 87 nodavlat notijorat tashkiloti va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan mazkur tanlov natijalari tahlil etildi. Parlament komissiyasi a’zolari ishtirokida joylarda o‘tkazilgan mintaqaviy seminarlar sarhisobi, davlat granti asosidagi tanlovlar yakunlari hamda navbatdagi tanlovlarni e’lon qilish, 2014-yilda ajratilgan davlat subsidiyalari mablag‘larining maqsadli foydalanilganligi yuzasidan olib borilgan monitoring natijalari atroflicha muhokama etildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada turar joy binosidagi portlash oqibatida 6 kishi jarohat oldi
Mahalliy
Toshkentda Lacetti Nexia-3 bilan to‘qnashib, olti nafar piyodani ham urib yubordi
Madaniyat
“Ummon” guruhining ikki oydan ko‘proq komada bo‘lgan xonandasi Zohid Risqiyev o‘ziga keldi (video)