Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
“JCH-2014 saralashidagi Toshkentdagi holat qayta takrorlandi. Eron terma jamoasi o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol kiritib, g‘alabani ilib ketdi”, - deyiladi xabarda.Championat.asia’ning xabar berishicha, Eronga g‘alaba keltirgan yagona gol hakam tomonidan uchrashuv asosiy vatqiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Sardor Azmun tomonidan urildi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘rtoqlik uchrashuvi 16-iyun kuni Shimoliy Koreyaga qarshi o‘tkaziladigan JCH-2018 saralash o‘yini oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tadi.
Izoh (0)