“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Tohir Jalilov Uz-Daewoo Rossiyaga bir nechta yangi modellarni yetkazib berishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “AvtoSreda”.
“Bunday rejalar mavjud. Bu nafaqat mahsulot turlari kengayishi, balki takomillashtirish va Uz-Daewoo’ning hozirgi modellari avlodini almashtirish hamdir. Biz strategiyani o‘zgartirishni rejalashtirmayapmiz. To‘g‘rirog‘i, bir nechta tuzatishlar haqida gapirish mumkin.
Hozirda yaqin kelajakda brendimiz bilan yuz beradigan global o‘zgarishlar tomon kelyapmiz. Bugun bizning asosiy vazifalarimiz — bozordagi ulushimizni saqlab qolish va dilerlik tarmog‘ini mustahkamlash, u yerda yangi avtomobillar sotilishi kamayishi tufayli birinchi o‘ringa servis va Trade-in chiqqan”, — dedi Tohir Jalilov.
Izoh (0)