Germaniyaning Garmish shahrida boshlangan G7 sammitining ilk kunida AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya yetakchilari Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi, deb xabar bermoqda “Segodnya.ua”.
Hozircha yakuniy kommyunike e’lon qilinmagan bo‘lsa ham, eng nufuzli yetakchilarning bu boradagi fikrlari ma’lum bo‘lib ulgurdi. Jumladan, Oq uy AQSh prezidenti Barak Obama va Germaniya kansleri Angela Merkelning uchrashuvi to‘g‘risida xabar e’lon qilgan. Unda Rossiyaga qarshi sanksiyalar Moskva tomonidan Minsk kelishuvlariga to‘liq amal qilinmaguncha bekor qilinmasligi, ba’zida fikrlarda qarama−qarshiliklar bo‘lishiga qaramay AQSh va Germaniya birgalikda harakat qilishi aytilgan.
Shuningdek, G7 kun tartibidan Ebola bezgagiga va terrorchilarga qarshi kurashish, global isish singari masalalar o‘rin olgan.
Izoh (0)