O‘rtayer dengizida Rossiya va Misr tarixida ilk marta “Do‘stlik ko‘prigi – 2015” deb nomlangan qo‘shma harbiy dengiz mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Qayd etilishicha, 2015-yil 6−14-iyun kunlariga belgilangan mashg‘ulotlar Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Misr mudofaa va harbiy sanoat vaziri Sidqi Sobhi Said Ahmad bilan 3−4-mart kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralari yakunida bergan ko‘rsatmasiga binoan o‘tkaziladi.
Mashg‘ulotlar rejasiga binoan, Rossiya harbiy dengiz floti va Misr harbiy dengiz kuchlari kemalari aviatsiya ko‘magida dengiz yo‘llarini turli tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlarni bajaradi. Yig‘inning quruqlikdagi shtabi Iskandariya portida, dengiz shtabi esa “Moskva” kreyserida joylashadi.
Izoh (0)