Germaniya kansleri Angela Merkelning Instagram-sahifasidagi suratlarga rus tilida bildirilgan haqoratli fikrlar o‘chirib tashlandi. Bu haqda Echo.msk.ru xabar bermoqda.
Nemis matbuotining xabar berishicha, Merkelning Instagram’dagi akkaunti ochilganidan keyingi bir necha soat ichida unda rus tilida yuzdan ortiq fikrlar qoldirilgan. Ayni vaqtda, ushbu kommentlarning aksariyati Ukraina mavzusiga bag‘ishlangan va salbiy mazmunda bo‘lgan.
Germaniya hukumati yetakchisining jamoasi vaziyatni o‘rganib chiqib, bu internet-trollar hujumi ekanligi haqida xulosaga kelgan, chunki aksariyat fikr bildiruvchilarning akkauntida ularning egasi haqida biror-bir ma’lumot yo‘q edi.
Ushbu hujum kim tomonidan tashkil etilgani ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)