Qozog‘istonda iyun oyida birinchi quyosh elektr stansiyasining ishga tushirilishi kutilmoqda, deb xabar beradi “Review.uz”.
Quyosh elektr stansiyasi Jambil viloyatida joylashgan. Quvvati 50 MVt bo‘lgan “Burnoye” quyosh elektr stansiyasining qurilishiga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki kredit ajratdi.
Elektr stansiyasi yiliga 73,18 million kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga teng.
Loyiha Qozog‘iztonning “Samruk-Kazin Invest” va Britaniyaning UG Energy Limited kompaniyalari tomonidan Burnoye Solar — 1 ishtirokida amalga oshirilmoqda.
Loyihaga jami 128 million dollar investitsiya jalb qilindi.
Izoh (0)