Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Pan Gi Munning 12-iyun kungi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Prezident Islom Karimov bilan uchrashishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Anons.uz”.
BMT Axborot markazi ma’lumotiga ko‘ra, Pan Gi Munning tashrifi dasturidan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bilan ham uchrashuv o‘rin olgan.
BMT bosh kotibi Markaziy Osiyo bo‘ylab turnesini 9-iyun kuni Tojikistondan boshlaydi. U yerda “Hayot uchun suv” xalqaro konferensiyasida qatnashadi, Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashib, Sarez ko‘liga tashrif buyuradi.
10—11-iyun kunlari Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tashrif buyurib, ushbu davlatlar rahbarlari bilan uchrashadi. O‘zbekistonda keyin 13-iyun kuni Turkmanistonga yo‘l oladi va u yerda Prezident Gurbanguli Berdimhammedov bilan uchrashib, Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti talabalari oldida nutq so‘zlaydi.
Izoh (0)