NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya alyansning biror davlatiga harbiy tahdid solmayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Biz katta mujmallikni, oldindan aytib bo‘lmaydigan vaziyatni, o‘sib borayotgan vahimani kuzatyapmiz. Biroq men Sharqdan NATOning biror davlatiga bevosita tahdidni ko‘rmayapman. Biz Rossiya bilan hamkorlik qilishni istaymiz. Ammo qo‘shni bilan hamkorlikning eng kichik sharti chegaralarni hurmat qilishdir. Rossiya hurmat qilmayotgan chegaralar mavjud”, — dedi Stoltenberg.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi, Ukrainadagi vaziyatning beqarorlashuvi, Rossiya armiyasining ommaviy ravishda qayta qurollanishi, Rossiya tomonidan qo‘shnilarini ogohlantirmasdan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi ham Rossiya va NATO yaqinlashuviga to‘siq bo‘lmoqda.
Izoh (0)