O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2015-yil 3-iyun kuni “Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni imzoladi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 24-oktabrda qabul qilinib, 2015-yil 5-mayda Senat tomonidan ma’qullangan. Qonun 2015-yil 4-iyundan kuchga kirdi.
9 bob va 64 moddadan iborat qonun qimmatli qog‘ozlar emissiyasi, jumladan yangi moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq huquqiy jarayonlarni soddalashtirish va samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Yangi tahrirdagi qonun qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat ga qo‘yiladigan talablarni rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqadi va belgilaydi
Izoh (0)