Ruminiyalik 16 yoshli o‘smir Tomas velosipedda yoki mototsiklda yurganingizda smartfonni quvvatlantirish uchun antiqa usul o‘ylab topdi, deb xabar bermoqda “Veloman.uz”.
U kompyuterni sovutuvchi qurilmani kichik shamol tegirmoniga aylantirib, uni velosiped ruliga o‘rnatdi. Ushbu qurilmaning kuchi smartfonni zaryadlantirishga bemalol yetadi. Buning uchun Tomasga besh dollar yetarli bo‘ldi.
Batafsil qo‘llanma bilan Instructables saytida tanishish mumkin. Qurilmani yasash uchun elektronika bo‘yicha eng oddiy bilimlardan boxabar bo‘lish kifoya, yoningizda kerakli asboblar bo‘lsa buni istalgan vaqtda yasab olishingiz mumkin.
Izoh (0)