“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, San-Fransisko ko‘chalaridan birida unga noma’lum shaxslar hujum qilib, telefonini tortib olishga uringan. Bu haqida “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Hozirgina Mission 980’da (San-Fransiskodagi ko‘chalardan biri) mening telefonimni tortib olishga uringan yigitlar bilan mushtlashdim. Xavfli joylar, deysizmi? Ruslar uchun emas”, - deb yozdi Durov Twitter’dagi sahifasida.
https://twitter.com/durov/status/605598062069694465
2014-yil oxirida Durov Rossiyani tark etgani va qaytishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)