Google veb-korporatsiyasi kelajakda uzoq va yetib borish qiyin bo‘lgan mintaqalarga internet tarqatmoqchi bo‘lgan Solara uchuvchisiz uchar moslamalaridan biri sinov parvozi chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda “3dnews.ru” xabar berdi.
Quyosh batareyalarida ishlovchi Solara dronlarini Titan Aerospace firmasi chiqargan. Bu kompaniyani Google o‘tgan yil aprelida oshkor qilinmagan summaga sotib olgan.
Qulagan uchar qurilma qanotlari qulochi 50 metrga teng Solara 50 bo‘lgan. Sinov may boshida AQShning Nyu-Meksiko shtati Albukerka shahridagi xususiy dala aerodromida o‘tkazilgan. Avariya natijasida hech kimga zarar yetmagan.
Izoh (0)