9to5mac nashri Apple kompaniyasiga tegishli deb taxmin qilingan avtomobillar sirini fosh qildi, deya xabar bermoqda “3dnews.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu avtomobillar Apple Maps xarita servisi sifatini oshirish uchun axborot yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Avtomobillar yordamida kompaniya bir yo‘la uchta masalani hal qiladi: xarita uchun yuqori sifatli ma’lumotlar yig‘adi, binolar old tomonini suratga oladi va 3D-tasvirlarga ega bo‘ladi.
Nashr ta’kidlashicha, ushbu loyiha va kompaniyaning haydovchisiz avtomobillar yaratish bo‘yicha taxminiy rejalari o‘rtasida aloqa kuzatilmayapti.
Izoh (0)