AQSH 2010-yili Stuxnet virusi yordamida KXDRning yadroviy qurollari dasturlariga kompyuter hujumini uyushtirishga urinib ko‘rgan. RBC.ru’ning Reuters’ga asoslanib xabar berishicha, ushbu operatsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Agentlik manbalaridan birining ma’lum qilishicha, AQSH maxsus xizmatlari Shimoliy Koreya o‘z yadroviy qurollarini nazorat qiladigan asosiy kompyuterlargacha yetib bora olmagan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikka bir necha omil sabab bo‘lgan. Birinchidan, operatsiyani o‘tkazgan AQSH Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) himoya dasturini buzib o‘tolmagan, ikkinchidan esa KXDRning ichki tarmog‘i jahondagi eng yopiq tarmoqlardan biri hisoblanadi.
MXA Reuters’ning ushbu xabari yuzasidan izoh berishdan bosh tortdi.
Izoh (0)