Dunyo bo‘ylab sayohatni amalga oshirayotgan quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 samolyoti Tinch okeanida parvozga chiqqach, Yaponiyaning Nagoya shahriga qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda loyihaning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.
Sayohatdagi uzilishning sababi sifatida noqulay ob-havo sharoiti ko‘rsatilgan. Okean ustidan parvoz Gavayidagi to‘xtash bilan jami 5 sutka davom etishi kerak edi. Bu vaqt ichida samolyot 8 ming kilometr masofani bosib o‘tar edi.
#Si2 will be landing in Nagoya due to worsening weather conditions after an extraordinary flight! #futureisclean pic.twitter.com/Fc8wX4RQpv
— Solar Impulse Foundation (@solarimpulse) June 1, 2015
Solar Impulse 2 o‘z sayohatini 2015-yil 9-mart kuni Abu Dabidan boshlagan bo‘lib, uni shveysariyalik uchuvchilar Andre Vorshberg va Bertran Pikar boshqarmoqda. Samolyot hozirgacha Hindiston va Xitoy ustidan uchib o‘tdi, Yaponiyadan keyin AQShga, keyin esa Yevropaga uchishi kutilmoqda.
Izoh (0)