“Rostex” korporatsiyasi rahbari Sergey Chemezov Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Rossiyaning YotaPhone smartfonlariga qiziqayotganini e’tirof etib, qozog‘istonlik harbiylarga shunday sov‘ga qilishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda “Nur.kz”.
“Men yaqinda Qozog‘istonda bo‘lib, ushbu mamlakatning mudofaa vaziriga YotaPhone’ni ko‘rsatganimda, u mendan bunday smartfonni qayerdan olish mumkinligini so‘radi. Men Qozog‘iston Mudofaa vazirligini o‘z telefonlarimiz bilan ta’minlashimiz mumkinligini ma’lum qildim”, − dedi Chemezov.
Eslatib o‘tamiz, 2013-yil dekabr oyida sotuvga chiqarilgan Rossiyaning YotaPhone smartfoni ikkita – ham old, ham orqa ekranga egaligi bilan ajralib turadi.
Izoh (0)