Yaponiya Vazirlar mahkamasi 29-may kuni mamlakat janubidagi Kutinoerabu orolida joylashgan shu nomdagi vulqonning otilishi boshlanishi munosabati bilan favqulodda shtab tashkil etdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Bosh vazir Sindzo Abe boshchiligidagi Yaponiya hukumati yaqin orada Yaponiya meteorologiya agentligi mutaxassislari ishtirokida favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Orolda yashovchi 137 kishidan 120 nafari maxsus joylarga evakuatsiya qilingan, yaqin orada ular Yakusima oroliga ko‘chiriladi.
29-maydan otilishi boshlangan vulqondan chiqayotgan tutun to‘qqiz kilometrgacha ko‘tarilmoqda. Maydoni 38 kvadrat kilometrdan iborat orolda bir nechta issiq buloqli pansionatlar joylashgan. So‘nggi marta vulqon 1993-yilda otilgan bo‘lib, o‘shanda bir necha kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)