Opel va Chevrolet Rossiyada avtomobillarni chegirma bilan sotishga qaratilgan davlat dasturida endi ishtirok etmaydi, deb xabar bermoqda “RBK”. Bunga ikkala brendning ham egasi hisoblangan General Motors dasturda ishtirok etishdan bosh tortishi sabab bo‘lgan.
Endi davlat dasturi doirasidagi chegirma komsernning faqat GM AvtoVaz zavodida chiqariladigan Chevy Niva avtomobili uchun amal qiladi. Mart oyida GM Rossiyada yil oxirigacha Opel va Chevrolet avtomobillari sotuvini to‘xtatishini e’lon qilgach, davlat dasturidagi ishtirokiga ham yakun yasalayotgani aytilgan.
Utilizatsiya va trade-in davlat dasturi Rossiya bozorida avtomobil sotish hajmi keskin kamaygan sharotida amalga oshirilmoqda. Dastur yangi mashina sotib olish vaqtida uning turidan qat’iy nazar 40 ming rubldan 350 ming rublgacha chegirma berilishini ko‘zda tutadi. Rossiya hukumati ushbu dastur uchun 10 milliard rubl ajratgan va yana 5 milliard rubl ajratishga va’da bergan. Hozirgacha dastur doirasida 100 mingdan ortiq avtomobil sotilgan.
Izoh (0)