O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 2015-yil 27−29-may kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni izchil rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro siyosiy muammolarni muhokama etish mo‘ljallangan.
O‘zbekiston delegatsiyasining Koreya Respublikasi hukumati va parlamenti, yetakchi iqtisodiy va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlari ham tashrif dasturidan o‘rin olgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar ikki davlat rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasini qabul qiladi, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanadi.
Izoh (0)