Yevrokomissiya va Ukraina 22-may kuni Yevropa ittifoqi iqtisodiy yordamining 1,8 milliard yevrolik so‘nggi uchinchi to‘plami to‘g‘risida anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, dastlabki 600 million yevro Ukraina Milliy banki hisobiga kelasi haftadayoq tushishi kerak. Memorandum Rigada davom etayotgan “Sharq hamkorligi” sammitida imzolangan.
Yevropa ittifoqining Ukrainaga moliyaviy yordami uchga bo‘lib taqdim etilgan. Ularning dastlabki ikki to‘plami 2015-yil oxirigacha, so‘nggisi esa 2016-yil boshida to‘lanadi.
Izoh (0)