Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazida yangi kardiojarrohlik bo‘limi ochildi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Today. Ikki haftalik faoliyat davomida bo‘limda o‘nta operatsiya o‘tkazilib, dastlabki bemorlar shifoxonadan chiqarildi.
Shu paytgacha O‘zbekistonda yurak jarrohligi operatsiyalari faqatgina Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazida, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazida, Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Andijon tibbiyot institutida, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazining Urganch filialida, Namangan viloyat kardiologiya markazida o‘tkazib kelinayotgan edi.
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazidagi kardiojarrohlik bo‘limi mutaxassislarini tayyorlashda Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazi kollektivi katta yordam ko‘rsatgan.
Izoh (0)