19-may kuni Toshkentda ochilgan VIII Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasida kuygan lampochkani yondirish usuli namoyish etildi, deb yozadi “MyTashkent.uz”.
Bunda kuygan lampochka 9 voltlik elektr tokidan quvvat oluvchi induksiya g‘altagi yaqiniga keltirilganda yonishi ko‘rsatib berildi. Ishlanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining fizika fakulteti talabalariga tegishli ekanligi aytilgan.
Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar respublika yarmarkasi 20 va 21-may kunlari ham davom etadi. Tadbir “O‘zekspomarkaz”da bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)