Gollandiyalik sayyoh Martin Yakobs o‘z do‘stlariga o‘zbek palovini tayyorlab berish uchun O‘zbekistonga kelib, osh pishirishni o‘rgandi. Bu haqda Oshxona.uz bosh oshpazi Rif’at Irmuxammedov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, rafiqasi o‘zbekistonlik bo‘lgan Yakobs bugun tush vaqtigacha Oshxona.uz restoranida palov tayyorlashni o‘rgangan, tushdan keyin esa do‘stlari uchun o‘zi osh pishiradi.
Martin tayyorlaydigan palov uchun o‘choqda yoqilg‘i sifatida o‘tin ishlatilishi ham qayd etilgan.
Izoh (0)