Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari aka-singil Ahror Nizamov va Mohidil Nizamova Rossiyaning Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlov g‘oliblariga aylandi. Bu haqda “Daryo”ga mobil muxbir Mahmud Nizamov ma’lum qildi.
Ahror va Mohidil 2015-yilning 5−9-may kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan “San’at dunyoni birlashtiradi” nomli xalqaro festivalda ishtirok etib, 1-darajali g‘olib bo‘lib qaytgan.
Qayd etilishicha, iste’dodli yoshlar 2014-yilning 14−21-iyun kunlari Ispaniyaning Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘rta yer dengizi afsonasi” xalqaro festival-tanlovida ham g‘olib bo‘lgan.
Izoh (0)