“Toshshahartransxizmat” tizimidagi 10 ta korxonadan 10 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari (O‘zbekiston Markaziy banki kursi bo‘yicha 4 million dollar) o‘g‘irlangani fosh etildi, deb xabar bermoqda “12news.uz”.
Ushbu mablag‘lar hujjatlarni soxtalashtirish, ish rejasi bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarda qo‘shib yozish, bajarilmagan tashuvlarni amalga oshirilgan deb rasmiylashtirish, yoqilg‘i mahsulotlari va ehtiyot qismlarini sotib yuborish yo‘llari bilan o‘zlashtirilgan.
“Huquq” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, bunday firibgarlik qator sho‘ba korxonalarda, jumladan “1-avtokorxona”, “3-avtokorxona”, “4-avtobus saroyi”, “5-avtokorxona”, “7-avtobus saroyi”, “8-avtobus saroyi”, “10-avtobus saroyi”, “12-avtobus saroyi”da aniqlangan. Sud aybdorlarga nisbatan tegishli hukm chiqargani aytilgan.
Izoh (0)