Afg‘oniston poytaxti Qobul shahrining g‘arbiy qismida joylashgan universitet binolari majmuasida 16-may kuni kuchli portlash yuz berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Hama Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, qo‘lda yasalgan portlovchi qurilma bevosita talabalar shaharchasi hududiga joylashtirilgan.
Hodisa tafsilotlari va jabrlanganlarning taxminiy soni aniqlanmoqda. Hozircha ushbu holat yuzasidan javobgarlikni biror guruh o‘z bo‘yniga olmagan.
Izoh (0)