AQSh poytaxti Vashington shahrida noma’lum shaxslar American Iron Works kompaniyasi rahbari Savvas Savopulosning qarorgohiga bostirib kirib, uni va oilasini o‘ldirib ketdi, deb xabar bermoqda “Novaya gazeta”.
Jami to‘rt kishi o‘ldirilgan: tadbrikorning o‘zi, rafiqasi Emi Savopulos, o‘g‘li Filipp va xizmatkor. Oilada yana ikki qiz farzand bo‘lib, ular bu vaqtda pansionatda bo‘lgan, hozir esa xavfsiz joydaligi aytilgan.
Qotillikdan keyin uy yoqib yuborilgan. Politsiya uyga bostirib kirish alomatlarini aniqlagan. Jinoyat Vashingtonning eng obro‘li mavzelaridan birida sodir etilgan. Savopuloslarning uyidan atigi bir necha metr uzoqlikda AQSh vitse-prezidenti Jo Baydenning qarorgohi joylashgan.
Izoh (0)