Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Honda Motor Co. kompaniyasi Takata Corp. tomonidan ishlab chiqariladigan xavfsizlik yostiqchasidagi nosozlik tufayli dunyo bo‘ylab 4,9 millionta avtomobilni qaytarib olishini e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Foto: Honda

Foto: Honda

Yaponiyaning o‘zida 1,72 millionta avtomobil nosozlikni bartaraf etish uchun qaytarib olinadi. Honda avvalroq xuddi shu muammo tufayli 14 millionta avtomobilni qaytarib olgan.

Avvalroq Toyota Motor Corp. va Nissan Motor Co. ham xuddi shu nosozlik tufayli  jami 6,56 millionta avtomobilni chaqirib olishini e’lon qilgan. Bungacha 10 dan ortiq kompaniya jami 25 millionta avtomobilni 2008-yildan buyon ishlab chiqarilgan Takata xavfsizlik yostiqchalaridagi muammo tufayli qaytarib olgan. Ushbu nosozlik kamida 10 ta o‘limli vaziyatga olib kelgani taxmin qilinadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oq qumli plyajlar, ekzotika va buddalar mamlakati: Krabi oroli haqida turistlar nimalarni bilishi lozim?
Markaziy Osiyo
Qozog‘istonda ikki nafar o‘zbekistonlikning 3 yil davomida tutqunlikda ushlab turilgani aniqlandi
Dunyo
Anqaradagi raketa zavodida portlash yuz berdi, besh ishchi halok bo‘ldi