Buyuk Britaniyada yashovchi kanadalik Yan Dalsin Kanadaning Albert provinsiyasi qonun chiqaruvchi majlisiga saylovlarda qatnashgan do‘sti Tomas Dangni qo‘llab-quvvatlash maqsadida u mahalliy parlamentga saylansa, shlyapa tanovul qilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Meduza.
20 yoshli Dang qonun chiqaruvchi majlisga saylangan Yangi demokratik partiyaning 53 nomzodidan biri bo‘ldi. G‘alaba aniq bo‘lishi bilan u do‘stiga qo‘ng‘iroq qilib, va’dasini eslatdi.
Dalsin esa do‘konga borib shlyapa tanlagani, keyin esa uni pishirgani va yegani aks etgan videolavha tayyorlab, uni o‘zining Facebook’dagi sahifasiga joylashtirdi.
Izoh (0)