Eron Yamanga gumanitar yordam eltayotgan kemasiga hujum qilgan davlatga qarshi urush ochadi

Eron armiyasi bosh shtabi rahbari o‘rinbosari general Masud Jazayeri Eronning Yamanga gumanitar yordam yuborayotgan “Eron shohid” kemasiga hujum qilishga jur’at qilgan har qanday davlatga qarshi urush ochilishini aytib o‘tdi, deb xabar qiladi “Kommersant.ru”.

Eron bayrog'i 130515

“Eron shohid” kemasi 2,5 ming tonna gumanitar yordam bilan Yamanning Hodeyda portiga 11-mayda yo‘l oldi. Kema 12-may kuni tunda qabul qilingan 5 kunlik yarashuv sulhi vaqtida Yamanga yetib borishi kerak edi.

“Eronning Qizil yarim oy kemasiga hujum qilish mintaqada urushni keltirib chiqaradi. Bu olovni o‘chirish yoki uni nazorat qilishning imkoni yo‘q”, — dedi Jazayeri.

O‘z navbatida arab koalitsiyasi generali Ahmed Asiri Eronning gumanitar yordami jamlangan kemani oldindan tuzilgan kelishuvsiz va BMTning roziligisiz koalitsiya Yamanga o‘tkazmasligini aytib o‘tdi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing