Sohil futbolidagi o‘zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblangan Baxtiyor Namozov Portugaliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishlaydi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati.
9−19-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionati Baxtiyor Namozov uchun ikkinchi mundialdir. U bunga qadar 2013-yili Taitida bo‘lib o‘tgan chempionatga chaqiruv olib, jami 7 ta o‘yinda ishlagan.
Namozov barcha qit’aning eng kuchli terma jamoalari ishtirokida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan Qit’alararo Kubok o‘yinlarida, shuningdek, Osiyo Chempionatlarida ham hakam sifatida ishtirok etgan.
Izoh (0)