Gruziyaning Qora dengiz bo‘yida joylashgan Kobuleti shahridagi mehmonxonalardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uch nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Yong‘in qamrab olgan binodan jami 45 kishi, jumladan 31 nafar bola evakuatsiya qilingan. Hozirda yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalar aynan yong‘in boshlangan xonada bo‘lgan. Ularning barchasi Kobuletiga gastrolga kelgan rustavilik guruh vakillari bo‘lgan.
Izoh (0)