Makedoniya shimolidagi Kumanovo tumanida qurollangan guruhni yo‘q qilish bo‘yicha o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida kamida 15 nafar politsiya xodimi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Ulardan uch nafarining ahvoli og‘ir bo‘lib, mamlakat poytaxti Skopye shahridagi klinik markazga vertolyotda olib borilgan.
Qayd etilishicha, qurollangan guruh Makedoniyaga Kosovo hududidan bostirib kirib, o‘t ochgan. Taxminlarga ko‘ra, ularning quroli avtomatlar bo‘lgan. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)