O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu hafta oxirida O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Jumladan, 8-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jala xususiyatli yomg‘ir yog‘adi. Toshkent shahrida 9-mayga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Buxoro va Navoiy viloatlarida 9-mayda kechasi ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10—12-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 9-mayda jala xususiyatli yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. 10—11-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-mayda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 9-mayda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 10—11-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 12-mayda ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)