Futbol bo‘yicha Finlandiya chempionatida beshinchi tur o‘yinlari o‘tkazilgach turnir jadvalida o‘zga xos holat yuzaga keldi, deb xabar bermoqda “Goal.com”.
Gap shundaki, 12 jamoa ishtirokidagi ushbu musobaqada hozirda birinchi o‘rindagi jamoa 11 ochko, ikkinchi o‘rindagi 10, uchinchi o‘rindagi 9, to‘rtinchi o‘rindagi 8, beshinchi o‘rindagi 7, oltinchi o‘rindagi olti, yettinchi o‘rindagi 5, sakkizinchi o‘rindagi 4, to‘qqizinchi o‘rindagi 3, o‘ninchi o‘rindagi 2, 11-o‘rindagi klub 1 ochko to‘plagan, so‘nggi o‘rindagi jamoada esa ochko yo‘q.
Turnir jadvalida ochkolarning bunday ketma-ketligi hosil bo‘lishiga hamma jamoalar ham to‘liq beshtadan o‘yin o‘tkazmagani zamin yaratgan. Jumladan, faqat 4 ta jamoa 5 tadan o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, oltita jamoa 4 tadan, ikkita jamoa esa 3 tadan o‘yinda ishtirok etgan.
Izoh (0)