Afg‘oniston sudi xato tufayli Qur’onni yoqib yuborganlikda ayblangan 27 yoshli ayolni omma oldida o‘ldirishda qatnashgan to‘rt kishini o‘lim jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda “Newskaz.ru”.
Voqea 19-mart kuni Afg‘oniston poytaxti Qobulda sodir bo‘lgan. G‘azablangan olomon ayolni o‘lguncha kaltaklab, jasadini Qobul daryosi sohilida yoqib yuborgan. Ushbu ish bo‘yicha jami 49 kishi, jumladan zo‘ravonlikni to‘xtata olmagan 19 nafar politsiyachi qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, sud yana sakkiz kishini o‘n olti yildan ozodlikdan mahrum etgan. 18 kishi esa aybsiz deb topilgan. Ushbu qotillikdan keyin Afg‘onistonning qator shaharlarida, shuningdek dunyo davlatlari poytaxtlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi.
Izoh (0)