Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jamshid Rizayev O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasining yangi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Tegishli qaror O‘zbekiston moliya vaziri Rustam Azimov tomonidan 1 may, juma kuni imzolangan.

Jamshid Rizayev ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar “O‘zbekinvest” eksport-import milliy kompaniyasi bosh direktorii o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi sug‘urta munosabatlarining barcha ishtirokchilari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston hududidagi barcha sug‘urta tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar