Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida Shayxontohur va Yunusobod tumanlarini bog‘lovchi yangi Sebzor ko‘prigi va uning atrofidagi infratuzilmalarda so‘nggi ta’mirlash-montaj ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonning suratlari Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida e’lon qilingan.

Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prikning ochilishi 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida bo‘lib o‘tadi. Hozirgi vaqtda ushbu tadbirga faol tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, asosiy avtomobil ko‘prigida ishlar deyarli tugallangan, chiroq ustunlari o‘rnatilib, shay holatga keltirilgan. Shahardagi ilk piyodalar yerusti o‘tish yo‘liga esa eskalatorlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda. Atrofdagi hududlar esa ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

Ayni vaqtda, foydalanuvchilarning qayd etishlaricha, kuni kecha shaharda kuzatilgan yomg‘ir qurilishning ba’zi kamchiliklarini ham ko‘rsatib qo‘ygan. Xususan, kuchli yomg‘irdan so‘ng yangi ta’mirlangan yo‘llardan biri, to‘plangan suvning chiqishi uchun imkon bo‘lmagani sababli, “kanalga aylanib qolgan”.

Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

Foto: Facebook / Voditeli Tashkenta

Eslatib o‘tamiz, Sebzor ko‘prigi qurilishi 2014-yil sentyabrida boshlangan edi va, dastlabki reja bo‘yicha, qurilish ishlari bir yil davom etishi kerak edi. Biroq keyinroq ish jadvali o‘zgarib, qurilish belgilanganidan uch oy avval bitishi ma’lum qilindi.

11110543_717637318362202_365673171514474260_n

11133848_717637355028865_2377794490106559027_n

11182134_829498983795617_8620730470335749029_n

11183434_894183347291928_6627413141381741388_n

11188206_717637398362194_7071550836290856940_n

11193402_894286833948246_2826715608797234466_n

11205118_717637295028871_2528797461396641376_n

11205586_829498863795629_3740868081235771495_n

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi