“Sog‘lom avlod uchun” fondi 1 may kuni “qandli diabet” bilan kasallangan bolalar uchun xayriya tadbirini uyushtirdi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar endokrinologiya dispanseri, Azian Jam kompaniyasi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Xayriya tadbiri doirasida Toshkent shahrida yashovchi va qandli diabetdan aziyat chekayotgan 89 bolaga 89ta glyukometr, 916ta test varaqalari, 89da shpris-ruchkalari taqdim etildi – ushbu vositalar Germaniyaning Friedensdorf International tashkiloti tomonidan yuborilgan.
Qayd etish joiz, bugungi kunda shahar endokrinologiya dispanserida qandli diabetdan aziyat chekayotgan 300ga yaqin bolalar va o‘smirlarning ahvoli kuzatib borilmoqda.
Izoh (0)