Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tkazilayotgan “Fyuchers” turkumiga kiruvchi tennis turnirida yarim final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi. Mukofot jamg‘armasi 10 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi musobaqada ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sanjar Fayziyev chorak final bahsida kortga chiqdi, deb xabar beradi “Olamsport.com”.
Fayziyev yarim finalga chiqish uchun musobaqaning birinchi tartib raqamli tennischisi rossiyalik Anton Zaysevni yengishi kerak edi. Ammo tajriba o‘z so‘zini aytdi va Zaysev 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib, bosh mukofot uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.