KXDRda joriy yilda 15 nafar yuqori lavozimdagi amaldor mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning buyrug‘i bilan qatl etilgan. Bu haqda Janubiy Koreya davlat televideniyesiga asoslanib “TASS” xabar berdi.
Janubiy Koreya parlamentining razvedka ishlari bo‘yicha qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, qatl haqidagi qarorlar Kim Chen Inning yanvar oyida o‘tkazilgan o‘rmon va yashil hududlarni kegaytirish bo‘yicha ishlardan qoniqmagani, respublikaning abadiy prezidenti Kim Ir Senga bog‘liq dizayenrlik loyihasining muvaffaqiyatsizligi singari sabablar tufayli qabul qilingan.
Qo‘mita a’zolari — Janubiy Koreyaning boshqaruvdagi “Senuri” partiyasidan deputat Li Chxol U va muxolifatdagi Yangi siyosat demokratik alyansi vakili Sin Gyon Min qo‘shma brifingda ma’lum qilishicha, 2012-yildan buyon KXDRda 41 nafar partiya a’zosi va amaldorlar qatl etilgan.
Izoh (0)