Imgur fotoxostingining Baumstaller nikli foydalanuvchisi saytga joylashtirgan tubsiz quduq effektidan foydalanib jurnal stolini yig‘ish bo‘yicha yo‘riqnoma fotogalereyasi bir necha soat ichida 60 ming martadan ko‘p ko‘rildi, deb xabar bermoqda “Tjournal.ru”.
Maktabning yuqori sinf o‘quvchisi hisoblangan foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u 24—26-aprel kunlari Kanzasda o‘tkazilgan 53-yoshlar forumiga shoshayotgan bo‘lgan.
Stolning oyoqlari va boshqa qismlari elektr simlarni yashirish uchun atayin keng va yo‘g‘on qilib tayyorlangan. Svetodiod simlari stol ostiga yopishtirib qo‘yilgan. Svetodiodlarning aynan qaysi turi tanlangani ma’lum qilinmagan. Cheksizlik effekti nafaqat svetodiodlar, balki boshqa buyumlarda ham ish beryapti. Buning uchun stolning ikkita oynadan iborat yuzasiga buyumni qo‘yish kifoya.
Izoh (0)