Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sudanning amaldagi prezidenti Umar al-Bashir yangi besh yillik muddatga qayta saylandi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Mamlakatning Oliy saylov komissiyasi al-Bashirning mutlaq g‘alabasi haqida 27-aprel kuni mahalliy televideniye orqali jonli efirda ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat rahbariga saylovchilarning 94,5 foizi (5,25 million kishi) ovoz bergan.

Darfur shtatidagi nizolar sabab Xalqaro jinoiy sud tomonidan insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanayotgan 71 yoshli al-Bashir 1989-yil 30-iyunidan beri davlat rahbari lavozimini egallab kelmoqda. U 1996, 2000 va 2010-yillarda ham prezident sifatida saylangandi.

Prezidentlik va parlamentlik saylovlari – 2011-yili mamlakat tarkibidan Janubiy Sudan ajralib chiqib, o‘z mustaqilligini e’lon qilganidan beri Sudanda o‘tkazilayotgan ilk saylovlardir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Komidagi “Qariyalar uyi”da yonib ketgan 23 kishi, moylanmagan “domkrat” sabab halokatga uchragan samolyot va kimyoviy quroldan ilk bor foydalangan Germaniya. Kun x...
Mahalliy
Toshkent viloyatida 59 yoshli erkakni poyezd bosib ketdi (video) 
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2035-yilga borib aholi 45 milliondan oshishi kutilyapti — PMTI