Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyada mavjud bo‘lgan siyosatshunoslar, tahlilchilar va kuzatuvchilarning “sanoqsiz armiyasi” “istalgan masala yuzasidan sababsiz hurib” Rossiyaga zarar keltirayotganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.
Uning Instagram’da yozishicha, siyosatshunos va tahlilchilar mashhur bo‘lishga urinib “siyosatchilar, federal va mintaqaviy rahbarlar, prezident va uning atrofidagilarning familiyalarini tilga olmoqda”.
“Aqlli bo‘lib ko‘rinish uchun ular boshni kal qilib olib, kim kim bilan tortishib qolgani, do‘stlashgani urush e’lon qilgani, sulh tuzgani, uylangani, ajrashgani haqida hikoya to‘qish kifoya deb o‘ylaydi: Qodirov shariat davlatini qurdi, Qodirov mustaqillik e’lon qildi, Qodirov nazoratdan chiqdi, Qodirov kelishmay qoldi... O‘zi Checheniston qayerda joylashganini bilmaydi, ular Rossiya Amerika yoki Londonning dengizorti hududida aylanishini orzu qiladi”, — deb yozdi Qodirov.
Izoh (0)