NATO Estoniyada Locked Shields 2015 nomi ostida keng ko‘lamli kibermashg‘ulotlar o‘tkazadi, deya xabar bermoqda “Computerra.ru”.
NATO vakillari so‘zlariga ko‘ra, kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv mashqlari abstrakt tajovuzkor hujumlarini qaytarish bo‘yicha to‘qima ssenariylar asosida o‘tkaziladi.
Biroq ba’zi ekspertlar NATO mutaxassislari muayyan dushmanlar — rossiyalik xakerlar va IShID tarafdorlari kiberhujumlariga tayyorlanayotganiga ishonch bildirmoqda.
Nashr ta’kidlashicha, rossiyalik xakerlar zarar keltiruvchi hujumlardan ko‘ra, josuslik va ma’lumotlarni o‘g‘irlashga ixtisoslashgan.
Izoh (0)