22-aprel kuni Yaponiya bosh vazirining qarorgohiga jo‘natilgan uchuvchisiz apparatga biriktirilgan kichik plastik idishdan Fukusima prefekturasi tuprog‘i topildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.
24-aprel kuni yaponiyalik erkak o‘zini politsiyaga topshirib, uchuvchisiz apparatni o‘zi jo‘natganini tan olgan. Politsiya mahkamasiga u xuddi shunday tuproq solingan boshqa idishni va apparatning boshqaruv pultini ham olib borgan.
Hozirda u muassasa faoliyatini qasddan buzishga urinishda ayblanib hibsga olingan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ishni hozirgi hukumatning atom energetikasi sohasidagi siyosatiga qarshilik belgisi sifatida amalga oshirgan.
Izoh (0)